Tosh davridagi O'zbekiston hududi
miloddan avvalgi 1,5 million yil - Miloddan avvalgi 5 ming yil e.

Tosh davri mil.av. 1,5 mln – 5 ming yil – O‘zbekiston hududida odamlar jamoatchiligi ilk shaklining paydo bo‘lish va shakllanish vaqtidir. Jahon tarixi fanida umumqabul qilingan davrlashtirishga muvofiq tosh davri uchta katta davrga bo‘linadi: – paleolit (qadimiy tosh asri, mil.av. 1,5 mln. – 12 ming yil), mezolit (o‘rta tosh asri, eramizgacha (12-6 mil. av. ming yilliklar) va neolit (yangi tosh asri, mil.av. 6-4 ming yilliklar). Bular moddiy madaniyat taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra yana bir qator qisqa muddatli davrlarga bo‘linadi.

Tosh davridan bronza davriga o‘tish orasidagi davr eneolit (mis-tosh asri) deyiladi (mil.av. 4-3 mingyilliklar).

Bo‘lim ekspozisiyasidagi arxeologik yodgorliklarda o‘z aksini topgan bu davrlar O‘zbekiston hududida odamlarning joylashishi ilk paleolit davriga to‘g‘ri kelishidan guvohlik beradi. Ilk paleolit odamning shakllanishi, dastlabki ish qurollarining paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.