Bronza davridagi O'zbekiston hududi
Miloddan avvalgi 3-4 ming yilliklar e.

Bronza davri (miloddan avvalgi 3–2 ming yilliklar) insoniyat tarixida bronza metallurgiyasining rivojlanishi – misning qo‘rg‘oshin va boshqa metallar bilan qorishuvidan uning mehnat quroli va qurol-yarog‘ yasashda yetakchi materiallarga aylanishi bilan xarakterlanadi. Jamiyat hayotida metallning paydo bo‘lishi yangi texnologik imkoniyatlarga – metall quyishga, chekankaga, bolg‘alab qilich yasashga yo‘l ochdi. Mehnatning yangi qurollari va yangi hunarmandlik tarmoqlari ijtimoiy ierarxiyaning tezlik bilan rivojlanishini ta’minladi, davlatchilikka va urbanizatsiyaga asos soldi.

Vitrinada qadimgi Zarafshonning quyi oqimida (Zamonbobo madaniyati), Xorazmda (Tozabog‘yob madaniyati), Toshkent, Farg‘ona (Chust madaniyati) viloyatlarida yashagan qabilalar moddiy madaniyati namunalari, shahar tipidagi Sopollitepa (mil. av. 1750–1500 ming y.) va Jarqo‘ton (mil.av. 1500–1400 ming y.) manzilidagi qazishmalarda topilgan ashyolar to‘plamlari, ular tarkibiga kiruvchi sopol va bronzadan quyilgan mahsulotlar, zargarlik san’ati, to‘qimachilik, tosh va suyakdan ishlangan narsalar, qurollar, dafn marosimi buyumlari va boshqalar ham namoyish etilgan.