VIII–XIII-asrlar fan va madaniyatining rivojlanishi

VII–VIII asrlarda O‘rta Osiyoga arablar bosqini boshlandi. Arablarning O‘rta Osiyoni zabt etish tafsilotlari “Arab jangchilari yurishda” miniatyurasida, “Shaharning arablar tomonidan talanishi” akvarelida, “Juzya undirish” kartinasida o‘z aksini topgan.

Shu yerga VIII–IX asr boshlarida Rey, Bog‘dod, Balx, Samarqand, Buxoro, Marv va boshqa shaharlarda al-Mahdiy, al-Ma’mun, al-Amin kabi arab hukmdorlari tomonidan zarb etilgan tangalar qo‘yilgan.

IX asrning ikkinchi yarmida turk tilida gaplashuvchi chigli, yag‘ma, qarluq qabilalari qoraxoniylar davlatini tashkil etdilar. 999 yili Qoraxoniylar Buxoroni zabt etdilar va O‘rta Osiyo hamda Sharqiy Turkistonga hukmronlik qila boshladilar. Qoraxoniylar davrida G‘arbiy va Sharqiy Turkistonda 40 dan ortiq zarbxonalar mavjud bo‘lib, ulardazarbxonalar mavjud bo‘lib, ularda oltin, kumush va mis tangalar zarb etilardi.

IX–XII asrlar O‘rta Osiyo tarixida muhim davrlardan biri bo‘lib, dunyo fanini boyitishga hissa qo‘shgan O‘zbekiston xalqlari fani va madaniyatining yuksak ravnaqi bilan xarakterlanadi. Me’morlik, tasviriy san’at, badiiy o‘ymakorlik, o‘yma naqsh, she’riyat, notiqlik, xusnixat keng rivojlandi. Bu davrda Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beuniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqa allomalar birinchi sharq tamadduniga hissa qo’shdishgan.