XVI - XIX asrlarda O'zbekiston

XV asrning oxirlariga kelib Temuriylar hukmronligi bir nechta mustaqil va yarim-mustaqil davlatlarga bo‘lindi. XVI asr boshlarida Shayboniyxon Samarqand, Buxoro, Toshkent va Andijonni bosib olib, poytaxti Buxoro hisoblangan yangi davlat barpo etdi. Ubaydulla (1533–1539 yy.) va Abdullaxon (1539–1598 yy.) kabi hukmdorlar davrida Shayboniylar sulolasi O‘zbekiston hududida muhim o‘rinni egalladi. XVI asr oxirlarida egalik Ashtraxoniylar so‘ng egalik Nodirshox qo‘liga o‘tdi. 1920 yilga qadar Buxoro amirligini Mangitlar sulolasi boshqardi.

XV asr va XIX asr oxirlariga qadar g‘arbda Xorazm mustaqil, lekin doimo siyosiy tomondan o‘zgaruvchan davlat bo‘lib qolgan. Faqat Muhammad Raximxon II (1805–1825 yy.) Rossiya imperiyasiga qadar davlat boshqaruvini muqim ushab tura oldi. XVIII asr oxirida sharqda Qo‘qon xonligi asosiy pog‘onani egalladi. Olimbek 1805 yilda rasman xon nomini oldi. 1876 yili esa Rossiya imperiyasi xonlikni to‘la-to‘kis bosib oldi.