1991 yilning 31 avgustida o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixidagi misli ko‘rilmagan hodisa ro‘y berdi – O‘zbekiston o‘zining haqiqiy davlatchiligiga erishdi.
“O‘zbekiston Respublikasi suveren demokratik davlatining tashkil topishi” ko‘rgazma majmui “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi asosiy konstitusion Qonunni ham o‘z ichiga oluvchi suverenitetga asos solgan muhim hujjatlar bilan tanishtiradi.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma majmui mazmun jihatdan eng boy majmualardan biridir. Hujjatlar va materiallar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatini tenghuquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik va boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillari asosida quradi.
Bugun O‘zbekiston 165 dan ortiq davlat tomonidan tan olingan, ulardan 120 tasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Respublika poytaxtida 35 dan ortiq mamlakatlar, shu jumladan, AQSh, Yaponiya, germaniya, buyuk britaniya, Fransiya, xitoy, Rossiya kabi qudratli davlatlar elchixonalari faoliyat yuritadi.
Sanoatning yetakchi tarmoqlarining rivojlanishi haqidagi ko‘psonli eksponatlar orasidan Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari mahsulotlarining namunalari, qimmatbaho toshlardan ishlangan noyob buyumlar, maketlar, yangi avtomobillar, zamonaviy samolyotlar modellari, zavodlar mahsulotlari joy olgan. Tibbiyot va farmasevtika sanoatining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti yoritilgan.
O‘zbekistonning benazir fan va madaniyat arboblari haqida hujjat va materiallar, fotosuratlar taqdim etilgan. Kelajakda aqliy salohiyatni yanada oshirish maqsadida kasbiy tayyorlov va o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashgaqaratilgan ta’lim islohotlariga kata e’tibor qaratilayotgani ko‘rsatilgan.
Bo‘lim ekspozitsiyasida katta e’tibor mamlakatda ommaviy va professional sportning rivojlanishini ko‘rsatishga qaratilgan olimpiya o‘yinlari, Jahon va osiyo chempionatlaridagi ko‘psonli sovrinlar sportchilarimizning kurash, tennis, boks, futbol, erkin kurash, shaxmat kabi sport turlarida erishgan muvaffaqiyatlaridan dalolat beradi.