Miloddan avvalgi 1500000 yil.

Farg‘ona vodiysida akademik O‘tkir Islamov rahbarligida O‘zR FA Arxeologiya instituti ekspeditsiyasi tomonidan paleolit davri g‘ori Selung‘ur manzilgohidan noyob tosh qurollar va qadimgi odam suyak qoldiqlari topilgan. Manzilgoh dengiz sathidan 1890 metr balandlikdagi tog‘da, Farg‘onadan 100 kilometr uzoqlikdagi Katraktau tizmasidagi janubiy tog‘da joylashgan. Tadqiqot jarayonidagi topilgan materiallar asosida uning yoshi 1500000 yil bilan belgilangan. Bu yerdan qadimgi tipdagi odam suyak qoldiqlari (yelka suyagi, tishi) va tosh qurollar, chopperlar, o‘tkir qirrali, yanchgich qurollar, pichoqlar topilgan. Bu manzilgohning ochilishi, O‘rta Osiyoga qadimgi tipdagi insonlar kirib kelganligini ko‘rsatadi.