"O‘lka musulmonlarining IV qurultoyida Turkiston Muxtoriyati tashkil etilishining e’lon qilinishi. "

1917 yilga kelib jadidchilik ma’rifatchilikdan siyosiy xarakat darajasigacha ko‘tarildi.Ayni shu 1917 yilda to‘rt marotaba Umumturkiston musulmonlari qurultoyi (s’ezdi) o‘tkazildi. 1917 yil 16 dan 23 aprelgacha Toshkentda bo‘lib o‘tgan I qurultoyda demokratik Rossiya tarkibida Turkiston muxtoriyatini tashkil qilish g‘oyasi ilgari surilgan edi.
Bu g‘oya turkiston xalklarining milliy davlatchilikni tiklash yo‘lidagi birinchi qadami bo‘ldi. Qurultoyning  oxirgi yig‘ilishida markaziy idora organi- Turkiston o‘lkasi musulmonlari kengashi (O‘lkamuskengashi) tashkil qilish xaqidagi qaror qabul qilingan. Uni tashkil qilish bilan turli, bir -biri bilan bog‘lanmagan tarqoq musulmon jamiyatlari, qo‘mitalari va ittifoqlarining milliy xarakatlariga tashkiliy yo‘nalish berish edi.
1917 yil dekabr.