Frontdan maktublar.

Ikkinchi jaxon urushida askarlar o‘z oilalari va yaqinlariga ushbu shakldagi maktublarni jo‘natib turganlar. Bu maktublar urushda xizmat qilayotgan askarlarning sog‘inch xatlari bo‘lib, bu xatlarni yaqinlari intizorlik bilan kutganlar. Maktublar orasida frontda qahramonlarcha halok bo‘lgan askarlar haqida habarlar ham bo‘lib, xalq orasida uni “qora xat” deb ham nomlashgan. Muzeyda shunga o‘xshash ko‘plab xatlar saqlanmoqda.