Toshkent metropoliteni qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan miting.

Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan metropolitenning qurilishi 1972 yil iyul oyida boshlangan. 1977 yil noyabr oyida “Olmazor” bekatidan “Amir Temur” xiyoboni” bekatigacha bo’lgan qismi foydalanishga topshirilgan. 1980 yil avgust oyida  “Amir Temur” xiyoboni bekatidan “Buyuk Ipak” yo’li bekatigacha bo’lgan qismi ishga tushirilganidan so’ng, Toshkent Metropolitenining 12 bekatdan iborat “Chilonzor’ yo’nalishining qurilishi yakunlangan.
1984 yil noyabr oyida “O’zbekiston” yo’nalishining “Alisher Navoiy” bekatidan “Toshkent” bekatigacha bo’lgan qismi foydalanishga topshirildi. 1987 yilning noyabr oyida “Toshkent” bekatidan “Do’stlik” bekatigacha, 1989 yil noyabr oyida “Alisher Navoiy” bekatidan “Chorsu” bekatigacha, 1991 yil aprel oyida “Chorsu” bekatidan “Beruniy” bekatigacha bo’lgan qismlari ishga tushirilganidan so’ng, jami 11 bekatdan iborat “O’zbekiston” yo’nalishi to’liq foydalanishga topshirildi.