SHISHA BUYUMLAR

Buyum o’zining nafisligi va tiniqligi bilan kishini hayratga soladi. Bular yashil, sarg’ish, ko’kish rangdagi shaffof shishadan yasalgan piyolalar, qadahlardir. Qadahlarning oyog’i ingichka, devorlariga shisha iplardan gullar yopishtirilgan. Atir shishachalarning balandligi 3,5 santimetr bo’lib, uchli shaklda yasalgan; olti qirrali, balandigi 6,5 santimetrli bo’yinli oyoqchalari bor. Bunday mitti idishchalardagi gul va naqshlar bir-biriga monand bezatilgan.