Miloddan avvalgi 1500000 yil.

1985 yilda Farg’ona vodiysining Haydarkon qishlog’i yaqinidagi Selungur g’orida eng qadimgi odamning paleolit manzilgohi topildi. Tadqiqotchilar xulosasi bo’yicha, mazkur topilma eramizdan avvalgi 1500000 yilga borib taqaladi. Bu yerdan suyak bo`laklari va mehnat qurollari topildi. Bu esa O’zbekiston hududi eng qadimgi odam shakllangan mintaqalardan biri degan fikrni isbotladi. Selungur. Farg’ona vodiysi.