GORELYF. PARCHA

Termizdan 18 kilometr naridagi Ayritom shaharchasidan topilgan. O’ng tomonida to’g’ri burchakli supada turgan (18×23×29–32 santimetr), hamda erkak va ayolning o’yib ishlangan qiyofalari qisman saqlanib qolgan. Uning tag qismida 6 qator, 350–360 harfdan iborat baqtriya yozuvi o’yib yozilgan. Unda aytilishicha, Qushon shohi Kuvishka hukmronligi davrida Shodiya yoki Shudiya ismli odam Ayritom manzilgohi ehromida qurilish va ta`mirlash ishlarini olib borgan. Matnni xattot Mehrzod yozgan. Matnni professor V. A. Lifshits va akademik E. V. Rtveladze
o’rgandilar va ma’nosini izohladilar.