BUDDA ROHIBLARI BILAN

Ikki yonida ikkta rohib turgan, Bodhi ilohiy daraxti tagida o’tirgan Budda tasvirlangan. Guruh korinf ustunlari ko’tarib turgan yoysimon arka tagida joylashgan bo`lib, yodgorlik sarg’imtir – oq rangdagi yaxlit ohaktosh bo’lagiga o’yib ishlangan, dastlab zarhal bilan qoplangan. Fayoztepa ehrom – ibodatxonasi majmuasini qazish ishlari olib borilayotganda arxeolog olim L. I. Al’baum topgan. Yodgorlik eski Termiz shahristonining g’arbiy qismida joylashgan. U to’g’riburchakli bino va alohida turgan stupadan iborad. Bino homg’isht va pahsadan qurilib, devorlari somonli loy bilan suvalgan va oqlangan. Ibodatxona hovlisi va binolari devorlari suratlar – Budda,
sovg’a-salom keltiruvchilarning qiyofalari va boshqa muayyan ko’rinishli tasvirlar bilan qoplangan. Ibodatxonada topilgan yodgorlik va tasvirli surat eng qadimiylardan biri hisoblanadi. «Triada» dan tashqari yodgorlikda Bodxisatva yodgorligi bo’laklari topilib, qayta ta’mirlangan, shuningdek diniy afsonalar bilan bog’liq devoriy rangli tasvirlar, yozuvli sopol idish bo’laklari Budda diniga oid boshqa marosim buyumlari ham topilgan.