BODXISATTVA

Frontal ko‘rinishdagi figura. Tana ochiq. O‘ng qo‘l ochiq kaft bilan yuqoriga ko‘tarilgan, chap qo‘l bel darajasida. Sochlar relefli zigzagsimon  egatlar sifatida tasvirlangan va bosh tepasiga yig‘ilgan. Yelkadan pastroqda yuraksimon bezaklar,  bilaklarda shaklchalar yopishtirilgan bilakuzuklar. Ko‘krakda medalon va gul parraklaridan bezaklar bor. Beldan pastroqda xuddi shunday yopishtirilgan shaklchali belbog‘, uning uchi pastga osilib tushgan. Belbog‘dan pastda ko‘ylak burmalanadi, oyog‘ida sandal. Haykal maxsus supa (postament)da turibdi, u orqa tomondan to‘g‘ri burchakli plita bilan birikkan. Boshi orqasida dumaloq relefli gardish.
Fayoztepa. Ibodatxona. Surxondaryo viloyati.