Sopol idishlar bo'laklaridagi yozuvlar

Kxaroshti, braxma va Baqtriya harflari bilan bitilgan yozuvlar sopol idish parchalarida qayd qilingan. Bu yozuvlarda budda rohiblari va Tarmita qavmlaridan bo‘lgan hadiyachilar ismlari tilga olingan. Shunisi e’tiborliki, rohib Buddashira ismi Fayoztepada ko‘p uchraydi. Ushbu yozuvlar rohiblarning etnik kelib chiqishidan darak beradi. Fayoztepa. Surxondaryo viloyati.