TERRAKOTA HAYKALCHA

O‘zbekiston hududidagi qadimgi shaharlarda o‘tkazilgan qazishmalarda noyob terrakota haykalchalarining bo‘laklari uchraydi. Qadimgi san’atning ushbu ko‘rinishi koroplastika nomini olgan. Bu san’atning boshlanishi  tarixdan ilgarigi davrga borib taqaladi, ammo qo‘lda ishlov berilgan va qolip yordamida maxsus badiiy hunarmandchilik sifatida miloddan avvalgi I-asr va milodiy VIII-IX asrlardan ma’lum. Ularning tipologiyasi juda xilma-xil, uslubi asrlar davomida rivojlangan. Uning eng muhim xususiyatlaridan biri,   but-haykalchalarning faqat old tomonidan ko‘rinishi va harakatsiz holatda turishini aytishimiz mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, ancha qadimiy bo‘lgan ona va hosildorlik ilohlari timsolini kichik haykalchalar ko‘rinishida qayta shakllantirishgan. Shubhasiz bu terrakotalarni odamlar o‘zlari bilan tumor sifatida olib yurishgan, uylaridagi maxsus o‘rnatilgan mehrobga o‘rnatishgan.