SOPOL IDISH

So‘nggi bronza va ilk temir davri noyob yodgorligi – Kuchuktepa manzilgohida 1963-67-yillarda L.I.Al’baum rahbarligida (keyinchalik 1977-78 yillar A.A.Asqarov davom ettirgan) arxeologik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Yodgorlik Surxondaryo viloyatida Termiz shahridan 70 kilometr shimoliy-g‘arbdagi Gagarin rayonida joylashgan. Kuchuktepa 6 ta qurilish bosqichiga bo‘linib, uning uchta quyi bosqichi so‘nggi bronza davriga (11-ser. mil.avv. 8 asr), to‘rtinchi qatlami qadimgi Baqtriya davriga (miloddan avvalgi 8-7 asr oralig‘iga), beshinchi bosqichi qadimgi Baqtriyaning rivojlangan davriga tegishli bo‘lsa (miljddan avvalgi 7-6 asr oxiri), oltinchi bosqichi esa qadimgi Baqtriyaning so‘nggi bosqichi bilan xarakterlanadi (mil.avv. 6.5-asr). Topilgan idishlarni so‘nggi bosqichiga tegishli, deb hisoblaydilar. Ular silindr shaklidgi idishlar bo‘lib, shu davr uchun butun O‘rta Osiyo hududiga xosdir. Bu kabi idishlarda suv yoki don mahsulotlari saqlangan.