QADIMGI ODAM SUYAKLARI QOLDIQLARI

Toshkentdan 100 kilometr shimoli-sharqda joylashgan, 1962 yil ochilgan Obirahmat g‘oridagi manzilgoh materiallarga boyligi bilan ajralib turadi. Obirahmat g‘orida olib borilgan qazilmalar bu yerda tosh asriga taalluqli 22 ta madaniy qatlam mavjudligini tasdiqladi. 16-qatlamda qadimiy odamning kalla suyaklari va tishi qoldiqlari, shuningdek tosh mehnat qurollari topildi. avstriya, AQSh va Shveysariya olimlari bilan hamkorlikda mazkur topilmalar chuqur tadqiq etildi.
Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, ular insoniyat tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Tishlar 8-9 yoshli bolaga, bosh suyak bo‘laklari esa 4-8 yoshli bolaga tegishli ekani aniqlandi. Shuningdek, ularda ham zamonaviy odamga tosh qurollar 40-50 ming yillik yoshga ega.