DEVORIY RASM

Loyli asos, grunt, yelimli bo‘yoqlar.
Fillarda o‘tirgan kishilarning grifon va qoplonga ovi tasviri. Markaziy fil shaklchasidan pastqi qism saqlangan. Filning orqasida yana bitta qoplon tasvirlangan bo‘lib, u ham ikkita orqa panjasida turibdi, uning bo‘g‘iziga nayza uchi tirkalgan. Chapda fil ustidagi ikkita chavandozning (chapdagisi yoy bilan, o‘ngdagisi nayza bilan qurollangan) ikki tomondan ularga hujum qilayotgan qoplonlar bilan jangi tasvirlangan. O‘ng tomonda orqa panjalarida turgan, filga hujum qilayotgan  grifon tasviridan lavxa (boshi saqlangan). Asosiy kompozisiyadan yuqori qismda, alohida registrda, tuyoqli jonivorlar yurishi (qisman egarlangan) tasvirlangan. Asosiy kompozisiyadan quyi qismda jimjimador gajakli belbog‘ o‘tadi, u butun kompozisiya uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Surat oq, qora, sariq va qizil bo‘yoqlarda chizilgan (fon sifatida qizildan ko‘proq foydalanilgan).   
Varaxsha. Buxoro viloyati.