Miloddan avvalgi III ming yil.

O’zbekiston san’ati tarixi uzoq o’tmish asrlarga borib taqaladi. Uning rivojlanishini O’rta Osiyo daryolari oqimi bilan qiyoslasa bo’ladi – daryolar baland tog’lardan, abadiy muzliklardan boshlanib, pastda qor va chashma suvlari bilan qo’shilib, shiddatli oqimga aylanadi va pasttekislikka tushganda sokinlashadi. O’zbekiston san’ati ham shunga o’xshab uzoq o’tmishdan boshlanib, bosqichma-bosqich rivojlangan. Shunday bosqichlardan biri – mezolit davri bo’lib, bu davrda eng qadimgi ibtidoiy odamlar qoyalarga suvratlar chizganlar. Moziydagi rassom toshda chiroyli shoxli takalarning sakrab chopishlarini muhrlagan. Hayvonlar harakatidagi nafosat, mayinlik va shiddat bugungi kunda ham kishini hayratga soladi.
Saymaltosh. Farg‘ona viloyati.