HAYKAL

Farg‘ona vodiysida 1956-59-yillarda O‘z R FA arxeologiya va tarix Instituti xodimi V.A. Bulatov rahbarligida Farg‘onadan sharqda joylashgan Quva shahrida arxeologik ishlar olib borilgan. Bu yerdan 7-asrga tegishli budda ibodatxonasi, muqaddas joy qoldiqlari ochildi va qazishmalar olib borildi. Qazishmalar natijasida bu ibodatxona majmuasi ikki kombinatsion tuzilishda, juda oddiy rejada, xona tuzilishi – muqaddas joy kvadrat va ibodatxona to‘g‘riburchak shakliga ega ekanligi aniqlangan. Qazishmalar vaqtida ko‘plab bo‘yalgan va yaltiroq buddist butlari va shaytonlari surati ifodalangan haykallarning parchalari, ular orasida Budda tasviri, Shri Devi xudosi, Manchjuri xudosi, jangchi  Mari va yana turli ko‘rinishlardagi haykalchalarning parchalari topilgan.