BALBALLAR

O’rta asr davri ko’chmanchilar madaniyati ravnaqi turklarning monumental yodgorliklar san’atida o’z ifodasini topgan. U o’z dunyoqarashini ifoda etishni istagan, ma’naviy qadriyatining atrofdagi o’zga aholi madaniyatidan alohidaligini ta’kidlamoqchi bo’lgan ko’chmanchilar ichki olami yorqin o’z ifodasini topgan deb aytish mumkin. Turklar yaratgan diniy yodgorliklar ularning o’ziga hos tafakkurini, makon va zamondagi o’zligini namoyon etib turadi. U asosan ko’chmanchilar dunyoqarashini ifoda etib, o’z atroflaridagi mahalliy aholidan farqlanuvchi ichki olamini yorqin tarzda aks ettirishga intilgan. Turli yoshdagi odamlarni tasvirlovchi yirik haikallar bo’lib,ular chehralari va gavda tuzilishlari nixoyatda soddaligi bilan farqlanadi, hamda yaxlit xarsang toshlardan yasalgan. Ular ajdodlar dini bilan bog’liq turk madaniyati yodgorliklaridir. Bu buyumlar halok bo’lgan jangchilar qabrlari ustiga tikka qilib qo’yilgan. Tosh haykallar g’arbda Dnestrdan tortib, sharqda Oltoy va Mo’g’ulistongacha rusm bo’lgan. Sibir, Kavkaz,Qozog’iston, O’rta va Markaziy Osiyo, Yevropaning shimoli-g’arbi va Afrikada ham uchraydi. 
O’zbekiston shimoli.