QANOTLI MABUDA HAYKALI BO`LAGI.

Varaxsha haykallari orasida odam va hayvondan iborat afsonaviy maxluqlar tasvirlari qiziqish uyg’otadi. Odam-qush qadimgi san’atda keng tarqalgan timsollardan biri: yunonlarda u sirena va gargiya, so’nggi O’rta Osiyo san’atida – xumo. Odam-qushning boshi qisman, asosan soch gajaklari to’la saqlangan. Gavdasining yuqori qismi yupqa, libos bilan to’silgan. Haykalning qush qismi yirik bo’rtma patlar bilan qoplangan, bir yelkasini uzun qanot yopib turibdi.
Varaxsha. Buxoro viloyati.