BAREL‘EF

1947-1954-yillarda Buxoro viloyatida arxeolog V.A.Shishkin rahbarligi ostida Varaxsha shahrida arxeologik ishlar olib borildi. Bu izlanishlar natijasida muhim ob’yekt aniqlandi. Vayronalar o‘rtasida Buxoroning VI-VII asr o‘rtalariga tegishli hukmdorlar saroyi ochilgan. Saroy zallarida qilich bilan qurollangan va oq fil ustida o‘tirgan jangchilar rasmi tasvirlangan noyob devoriy suratlar topilgan. Jangchilar qanotli mahluqlar bilan jang qilmoqda. Monumental ark va saroy atrofidagi devorlar o‘yma alebastr bezaklari bilan boyitilgan. O‘ymakor bezaklar turli tuman usulda amalga oshirilgan. Bu yerda geometrik belgilar, devoriy ov hikoyali ko‘rinishlari, fantastik mavjudotlar, odamlar va hayvonlar rasmi tushirilgan.