KO‘ZA

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Arxeologiya va Tarix instituti topshirig‘i bilan arxeolog A.I.Terenojkin 1948 - yilda Afrosiyob (Samarqand) shahrida qazishma ishlarini o‘tkazadi. O‘tkazilgan qazishmalarda qal’a (sitadel’)dan sharqqacha, shaharning shimoliy qismida Xo‘ja Doniyor maqbarasi yaqinida qazishmalar o‘tkazildi. Ilk o‘rta asrlar davri qatlamiga tegishli xonadan keng og‘izli, o‘yma naqshlar bilan bezatilgan idish topildi.