ME’MORIY BEZAK PARCHASI

Butun tarix davomida Termiz Movarounnahr va Xorazm chegarasidagi muhim strategik joy bo‘lgan. U XI-XII asrlarda Shimoliy Toxaristonning yirik iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan. Shahar port bandargoh bilan, hukmdor saroyi va zarbxona joylashgan sitadel’ (qal’a), shuningdek shahriston va rabotdan iborat. Rabotning shimoliy-sharqiy chegarasida 180 gektarga yaqin yirik maydonda termiz aslzodalarining qarorgohi va bog‘ joylashgan. XI asrda ushbu hudud maxsus devor bilan o‘rab olingan va bu yerda Termiz hukmdorlari saroyi barpo etilgan. Saroy kompleks va alohida qurilgan imoratlarni o‘z ichiga olib, uning mashhurligi – qabul zalidagi o‘yma naqshli bezaklar hisoblanadi.