SUVDON

Dastasi va bo’yni bor, dumaloq-yassi shaklga ega bo’lgan suvdon. Suvdonga o’yma handasaviy naqshlar tushirilib,ular bir-biriga chirmashgan chiziqlardan iborat bo’lib,suvdon shakliga monand ravishda unga yengillik va jimjimadorlik bag’ishlaydi. Go’yo, gullab – yashnab turgan dehqonchilik vohasidan karvon suvsiz sahrolar sari yo’l olayotibdi. Suvni muzdak saqlovchi ana shunday suvdonlarda sayyoxlar suv olib yurganlar. Undagi gul va naqshlar ularga suv olgan zilol chashmalarni va go’zal bog’-rog’larni eslatib turgan.
Paykent. Buxoro viloyati.