Milodda avvalgi 1750-1500-yillar

O‘zbekistonning janubiy hududlarida bronza davriga tegishli yuksak rivojlangan qadimgi dehqonchilik madaniyati shakllangan. Bu yerda dehqonchilik va rivojlangan hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi aholining ishlab chiqarish markazi tashkil topgan. Uning o‘ziga xos kashfiyoti protoshahar madaniyati hisoblangan bu yerda kulolchilik charhi va bronza quyish usullari yaratildi. Protoshahar tipidagi Sopollitepa manzilgohi miloddan avvalgi 1750-1500-yillarga tegishlidir. Manzilgohda qazishmalar akademik Axmadali Asqarov rahbarligida o‘tkazilib, turli xil sopol buyumlar, bronza idishlar, qurol-aslaha buyumlari, zeb-ziynat buyumlari va boshqalar topilgan.