SJ News II - шаблон joomla Авто

O’ZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYI history-museum.uz

 

IKKI ILON TASVIRLANGAN TOSH HAYKAL Xrizolit. O‘ymakorlik, arralangan, parmalab, keyin yuzasi yaltiratilgan. Sox. Farg‘ona vil. Mil.av. IIming yillik oxiri.
BUDDA ROHIBLARI BILAN. Orgonogen oxak, o‘ymakorlik. Fayoztepa. Ibodatxona. Surxondaryo vil. Mil. I-II asrlar.
DEVORIY SURAT Loyli asos, grunt, yelimli bo‘yoqlar. Afrosiyob. Samarqand. VII asr.
 07 Shkurt 2017
  0  
 Ўзбекистон тарихи давлат музейи ...
 0 
 Ўзбекистон тарихи давлат музейи ...
07 Shkurt 2017
 07 Shkurt 2017
  0  
Экспозиция Музей экспозициясида ...
 0 
Экспозиция Музей экспозициясида ...
07 Shkurt 2017
 07 Shkurt 2017
  0  
Экспозиция Музей экспозициясида ...
 0 
Экспозиция Музей экспозициясида ...
07 Shkurt 2017
 07 Shkurt 2017
  0  
Экспозиция Музей экспозициясида ...
 0 
Экспозиция Музей экспозициясида ...
07 Shkurt 2017
 07 Shkurt 2017
  1  
I Бўлим ...
 1 
I Бўлим ...
07 Shkurt 2017
 07 Shkurt 2017
  0  
I Бўлим ...
 0 
I Бўлим ...
07 Shkurt 2017
 07 Shkurt 2017
  0  
II Бўлим ЎЗБЕКИСТОН ҲУДУДИ БРОНЗА ...
 0 
II Бўлим ЎЗБЕКИСТОН ҲУДУДИ БРОНЗА ...
07 Shkurt 2017
 07 Shkurt 2017
  0  
III БЎЛИМ ЎЗБЕКИСТОН ҲУДУДИДА ...
 0 
III БЎЛИМ ЎЗБЕКИСТОН ҲУДУДИДА ...
07 Shkurt 2017
 07 Shkurt 2017
  0  
III БЎЛИМ ЎЗБЕКИСТОН ҲУДУДИДА ...
 0 
III БЎЛИМ ЎЗБЕКИСТОН ҲУДУДИДА ...
07 Shkurt 2017

Botanika bog‘i

                                      Botanika bog‘i

Fanlar akademiyasining botanika bog‘i – О‘zbekistonning eng qadimgi botanika bog‘laridan biri bо‘lib, uning tarixi 1920 yilga borib taqaladi. О‘zr FA Botanika bog‘i qurilishi uning hozirgi hududida 1950 yilda akademik F.N Rusanov rahbarligida boshlandi.

Hozirgi kunda Botanika bog‘i O'simlik va hayvonot olami genofondi instituti bilan bitta tashkilot sifatida faoliyat olib boradi. Botanika bog‘ining umumiy maydoni  66 ga bо‘lib, Toshkent shahrining shimoli-sharqida joylashgan.  Bog‘ dendrariysi 40 ga maydonni egallagan bо‘lib,  Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Markaziy Osiyo, Uzoq Sharq, Yevropa, Qrim, Kavkaz dendroflora ekspozitsiyalaridan iborat. Undan tashqari, dorivor о‘simliklar uchastkasi, biologik, sistematik, karantinli, tajriba-ishlab chiqarish uchastkalari, oranjereya-issiqxona majmui ham mavjud. Botanika bog‘i kolleksiyasini daraxt, buta, yarim buta, liana, о‘t va suv о‘tlari о‘simliklarining 4500 turi, shakli, turkumi va navlari tashkil etadi. Botanika bog‘i shaharni kо‘kalamzorlashtirish uchun ochiq grunt, shuningdek qishki bog‘lar va ichki interyerlar uchun о‘simliklarning yangi yuqori manzarali turi va shakllarini taqdim etadi. Botanika bog‘i bilan tanishish bosh kirish joyidan, turli qit’alarda tabiiy ravishda о‘suvchi noyob va qimmatli daraxt о‘simliklaridan iborat tabiat dendroflorasiga boshlovchi alleyadan boshlanadi. Bu yerda xitoy archasi, xitoy qarag‘ayi, metosekvoyya, ikki yoqli ginkgo, spiralli majnuntol, qog‘oz daraxti, qо‘rqinchi gledichiya kabi daraxtlar, daraxtlar tagida butalarning har xil turli - tavolga, deysiya, na’matakning turli kо‘rinishlari, lianalardan – xitoy glitsiniyasi о‘sadi.Uzoq Sharq ekspozitsiyasi dengiz bо‘yi, Saxalin oroli, Manchjuriya о‘simliklaridan iborat.  Daraxtlardan ayniqsa yurakli grab, daryo zarangi, manchjuriya yong‘og‘i, kalopanaks chiroyli manzara kasb etgan. Daraxtlar panasida buta va о‘tlar – Maaka uchqati, beresklet turlari, akantopanaks, gortenziya va boshqalar yaxshi joylashib olgan. Kо‘plab lianalar ham uchraydi.  Markaziy Osiyo dendroflorasi ekspozitsiyasi О‘zbekistonda о‘sadigan daraxtlar bilan boyitilgan.  Bu yerda Xarafshon qora archasi, oddiy xurmo, Pontiya dо‘lanasi, yunon yong‘og‘i, Magolep gilosi, zirk, Tyаn-shan qayini, kalofakning turli kо‘rinishlari uchraydi. Kavkaz dendroflorasi ekspozitsiyasi tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Bu yerda Qrim qarag‘ayi, Kavkaz emani, Kazak qarag‘ayi, lapina, kashtan yaproqli eman, ayiq yong‘og‘i о‘sadi. Ularning tagida bereskletning turli kо‘rinishlari, oddiy siren, qizil, mushmula va chetan butalari о‘sadi. Ushbu ekspozitsiyaga oq nilfiya va suv liliyalariga tо‘la kо‘l alohida chiroy baxsh etib turibdi. Shimoliy Amerika ekspozitsiyasida nihoyatda chiroyli daraxtlar: kariya pekan, qora yong‘oq, balchiq sarvi, lola daraxti, g‘arb tuyadaraxtisi, katalpa, shakar zarangi va boshqalar о‘sadi. Chekkalarda kalikant, bodrezak, amorfa, kornus о‘simlik turlari qad rostlagan. Lianalardan – kirkazon turlari, uzum, tekoma turlari majvud. Issiqxona va oranjereyalarda yer kurrasining turli joylaridan keltirilgan tropik va subtropik о‘simliklarning 800dan ortiq turlari, shakllari va navlari о‘stiriladi. Sistematika uchastkasi о‘simlik turlari rang-barangligi haqida tasavvur beradi, biologik uchastkada esa о‘simliklarning turli xayotiy shakllari bilan tanishish imkoniyati mavjud. О‘zbekistonga introduksiya qilingan daraxt va buta florasining noyob va qimmatli namunalari aynan shu yerda yetishtiriladi. О‘simliklar nafaqat urug‘lar va qalamchalar orqali, balki privivkalar yordamida ham kо‘paytiriladi. Botanika bog‘i xodimlari о‘simliklar dunyosining muhofazasiga, ayniqsa lola, piyozlar, eremurus, krokus va boshqa  о‘simliklarning yо‘qolib borayotgan turlarini saqlab qolish ishlariga kattta ahamiyat qaratishadi.  Yuqori malakali ekskursovodlar Botanika bog‘i bо‘ylab tinmay sayohat uyushtirishadi. Botanika bog‘i bu – ochiq osmon ostidagi muzey, О‘zbekiston respublikasi va fani milliy boyligi va iftixoridir.

Ноёб обектлар ва тўпламлар

 

                  

O'ZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYI

© 2017 Axborotdan foydalanish shartlari

 

  

Музей манзили: 700029, Тошкент шаҳри,

Шароф Рашидов кўчаси, 3.

Тел: (371) 239-10-83; Факс: (371) 239-44-25.

E-mail: history@uzci.net.

Иш вақти: 10.00 17.00 соатлар.

Дам олиш кунидушанба.

Top