SJ News II - шаблон joomla Авто

O’ZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYI history-museum.uz

 

Xitoy xalq Respublikasining o’quvchilari O’zbekiston tarixi Davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Xitoy xalq Respublikasining  “Aurora academy international school” maktab o’quvchilari yozgi ta’tilni mazmunli o’tkazish uchun O’zbekistonga tashrif buyurishdi.

04.08.2018.1

Shu tashriflari davomida o’quvchilar va ularning ustozlari O’zbekiston tarixi Davlat muzeyida

ham bo’lishdi. O’zbekiston tarixi Davlat muzeyida o’quvchilarga muzey direktori J.X.Ismailova  “Buyuk Ipak yo’li” mavzusida ma’ruza qildilar, bundan tashqari mehmonlar muzeyda tashkil etiladigan “Kulolchilik”, “Rassomchilik” yo’nalishlaridagi mahorat darslarida ishtirok etishdi.

04.08.2018.2

         “Aurora academy international school” maktabi direktori Wong Li Yong o’z fikrlarini bildirdi: Bugun biz Avrora maktabidagi o’quvchilar va ularning oila a’zolari bilan birga 17 kishi O’zbekiston tarixi Davlat muzeyiga tashrif buyurdik. Tashrif davomida biz “Buyuk Ipak yo’li”ning o’zimiz uchun bilmagan tarixi va madaniyati haqida ma’ruza eshitdik.

04.08.2018.3

Bugungi tashrifimizning qiziqarli tarafi maktab o’quvchilari uchun “Bolalar muzeyi”da tashkil etilgan mahorat darslari: Kulolchilik, Qo’g’irchoqbozlar va rasm darslari tashkil etilgani bo’ldi. O’quvchilarning faol ishtiroki va juda ko’p qiziquvchanligi bizni e’tiborimizni tortdi.

04.08.2018.6

Muzey direktori J.X.Ismailovaga bugungi ma’ruza va tashkiliy ishlari uchun o’z tashakkurlarimizni bildiramiz va ularning kelajakdagi faoliyatlarida doimo yorqin onlar bo’lishiga tilakdoshmiz.

        04.08.2018.4

         “Aurora academy international school” maktabi o’quvchisi Wan Ze Han ham O’zbekistonga tashrifi haqida o’zining fikrlarini bildirdi: Men O’zbekistonga kelishimdan oldin uni juda qisqa tarixga ega deb tasavvur qilgandim. O’zbekiston tarixi Davlat muzeyini aylanib chiqib O’zbekistonning juda uzoq tarixga ega ekanligini ko’rdim. Shuningdek, O’zbekistonning aloqalari Xitoy bilan chambarchas bog’liqligini ham bilib oldim.

 

04.08.2018.5

 

 

                  

O'ZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYI

© 2017 Axborotdan foydalanish shartlari

 

  

Музей манзили: 700029, Тошкент шаҳри,

Шароф Рашидов кўчаси, 3.

Тел: (371) 239-10-83; Факс: (371) 239-44-25.

E-mail: history@uzci.net.

Иш вақти: 10.00 17.00 соатлар.

Дам олиш кунидушанба.

Top