“Hindistonning yozma merosi: Hind-Islom hattotligining yozma sanʼati” nomli koʼrgazma ochildi.

Koʼrgazmada 100 dan ortiq Hirot sanʼat maktabi buyuk hattotlarining XV-XIX asrlarda Hindistonning turli hududlarida yaratilgan kufiy, nash, suls, nastaʼliq, shikasta, taʼliq yoʼnalishidagi hattotlik ishlaridan namunalar namoyish etilmoqda. Ushbu yozuv namunalari, ayniqsa Qurʼon oyatlarining Nash va Suls xatida nafis yozilishida keng qoʼllanilgan. Hind yozuvlari orasida eng mashhurlari Shardf, Braxmi, Xaroshtiy va boshqalardir. Ushbu yozuvlarda epigraflar mavjud. Koʼpgina zamonaviy yozuvlar Braxmiydan olingan. Koʼrgazma 20-aprelgacha davom etadi.