Joriy yilning 5-may kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi binosida “9-may — Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini namoyish etuvchi “Vatan fidoyi farzandlarini hech qachon unutmaydi” shiori ostida “Xotira – abadiy, inson qadri – muqaddas” arxiv hujjatlari va muzey eksponatlari ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.
Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi va O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi rahbariyati, Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zexavit Ben-Gilel, Belarusning Oʻzbekistondagi elchisi Leonid Marinich, O‘zbekiston milliy arxivlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari, san'at arboblari, olimlar, tarixchilar, faxriylar hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar.
Ko'rgazma 15-maygacha davom etdi.